Обратная связь

X

You are here

Kafolatlar

Kafolat majburiyatining muddati («Kafolat») buyum sotilgan paytdan boshlab 12 oyni tashkil etadi. Molni Xaridorga berish vaqti kafolat talonidagi Sotuvchi firmaning sotilish haqidagi qayd sanasi bilan belgilanadi.

«Kafolat» buyumdagi zavod ichida yo‘l qo‘yilgan nosozliklar (nuqsonlar) avtorlashgan servis markazida 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda shu nosozliklarga ega buyumni almashtirib berishni o‘z ichiga oladi.

Buyumga (mobil telefonlardan tashqari) bepul servis xizmatini ko‘rsatish sotilgan kundan boshlab 36 oyni tashkil etadi.

Mobil telefonlarga bo‘lgan kafolatli majburiyatlar muddati (“Kafolat”) 1 oyni tashkil etadi, bepul servis xizmati esa sotilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil etadi.

Kafolatli servis xizmatining muddati tugaganidan keyin bepul servis xizmati ta’mirlash ishlarini Ishlab chiqaruvchi zavod hisobidan o‘tkazib berishni o‘z ichiga oladi, bunda ehtiyot qismlarning qiymati Xaridor tomonidan 100% to‘lanadi.

Kafolat bo‘yicha bepul servis xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan faqat avtorlashgan servis markazlarida, xaridor buyumning sotilish sanasini belgilovchi kafolat talonini taqdim etganidagina ko‘rsatiladi. Avtorlashgan servis markazlarining manzillari va telefonlarini www.artel.uz saytidan bilib olish mumkin.

Detallarni ta’mirlash va almashtirish ishlari, Xaridor tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan (ya’ni buyumning seriya raqami, buyumning sotilish sanasi ko‘rsatilgan hamda do‘kon muhri, Xaridor va Sotuvchining imzolari bo‘lgan) kafolat taloni taqdim etilgan taqdirdagina servis markazining statsionar ustaxonasida amalga oshiriladi.

Kafolat muddati yoki servis xizmatini ko‘rsatish muddati davrida har qanday nosoz detallarning almashtirilishi yangi kafolat muddatining belgilanishiga olib kelmaydi. Har bir bepul servis xizmatidan keyin avtorlashgan servis markazi kafolat taloniga ko‘rsatilgan servis xizmati haqidagi ma’lumotlarni kiritadi. “Kafolat” buyumni o‘rnatishni, uni Xaridorning uyiga borgan holda sozlashni, buyum detallarining tabiiy eskirishi munosabati bilan ularni almashtirishni, chiqim materiallarini (filtrlar va h.k.) almashtirishni, vaqti-vaqti bilan texnik xizmat ko‘rsatishni (tozalash, changdan tozalash va h.k.) o‘z ichiga olmaydi.

Ehtimoliy anglashilmovchiliklarning oldini olish maqsadida buyumning xizmat muddati davomida sotish paytida unga ilova qilingan hujjatlarni (kafolat taloni, foydalanuvchi uchun qo‘llanma va boshqalar) saqlab qo‘ying.

Kafolat majburiyatlari va bepul servis xizmati buyumda quyidagi holatlar natijasida yuzaga kelgan nosozliklarga taalluqli emas:

  1. Iste’molchi tomonidan tovarni o‘rnatish, undan foydalanish, uni saqlash yoki transportirovka qilish qoidalarining buzilishi.
  2. Uchinchi shaxslarning harakatlari:
  • Buyumning ARTEL firmasidan vakil qilinmagan shaxslar tomonidan ta’mirlanishi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilmagan konstruktiv yoki sxemotexnik o‘zgarishlarning kiritilishi;
  • Quvvat, kabel va gaz tarmoqlarining Davlat texnika Standartlari (GOST) me’yorlaridan chetga chiqishi;
  • Buyumni noto‘g‘ri o‘rnatish va noto‘g‘ri ulash.
  1. Yengib bo‘lmaydigan kuch ta’siri (tabiiy ofatlar, yong‘in, chaqmoq va h.k.)
  2. Buyumdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanish (ya’ni maishiy emas)
  3. Hayvonlar, kemiruvchilar va hashoratlarning aybi bilan yuzaga kelgan shikastlanishlar (shu jumladan, kemiruvchilar va hashoratlarning asbob ichida bo‘lishi)

DIQQAT!

Servis markazlari buyumni almashtirib bermaydi yoki pul mablag‘larini qaytarmaydi!

Kafolatli va bepul servis xizmati quyida sanab o‘tilgan buyumning aksessuarlari va anjomlarini o‘z ichiga olmaydi:

  • buyumga ilova qilinadigan hujjatlar;
  • qurilma korpusi, elektr quvvati kabeli, bog‘lovchi kabellar, zaryadlovchi qurilma va naushniklar (mobil telefonlar uchun), yoritadigan lampalar, ichki plastik detallar (sovutgichlar uchun), changyutkichlar uchun xaltachalar va elastik shlanglar;
  • barcha qismlarning mexanik va/yoki jismoniy shikastlanishi;

Kafolatli va bepul servis xizmati quyidagi holatlarda ko‘rsatilmaydi: kafolat taloni to‘ldirilmagan (muhrlar, sotuvchining imzosi, sotilish sanasi qo‘yilmagan, seriya raqami ko‘rsatilmagan) bo‘lsa, shuningdek kafolat taloni yo‘qolgan taqdirda.

Buyumga vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatish avtorlashgan servis markazi xodimlari tomonidan iste’molchining xohishiga ko‘ra qo‘shimcha haq evaziga amalga oshiriladi.

Hurmatli xaridor!

Kafolat muddati davrida yoki u tugaganidan keyin biror-bir kamchilik, nosozlik yoki shikastlanishlar aniqlanganida, Sizdan qisqa muddat ichida avtorlashgan servis markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Mazkur shart Sizni xarid qilgan buyumingizga shikast yetishidan yoki mustaqil ravishda va avtorlashmagan tarzda ochish (ta’mirlash)dan ogohlantirish maqsadida ko‘rsatilmoqda.

Нашли опечатку в тексте или цене на товары? 

Выделите ее и нажмите  Ctrl + Enter

You are reporting a typo in the following text:
Simply click the "Send typo report" button to complete the report. You can also include a comment.