Обратная связь

X

You are here

To'lov

Mahsulotlarimizni naqd pul, hamda plastik kartochka to'lovi orqali harid qilishingiz mumkin.

Artel Market saytidagi tovarlarni SMS-TO’LOV xizmati orqali xarid qiling!

Hurmatli xaridorlar, endi Siz uyingizdan chiqmagan holda va naqd pul sarf qilmasdan xaridlaringizni SMS-TO’LOV xizmati orqali Artel Market do’konlarida UzCard Online plastik kartasi yordamida amalga oshirish imkoniyatiga egasiz! To’lov jarayoni juda ham oson, tez, xavfsiz va hech qanday dastlabki harakatlarni talab qilmaydi.

Qanday qilib SMS-TO’LOV xizmati orqali xaridlarni amalga oshirish mumkin:

  • http://artelmarket.uz/ saytida o’zingizga kerakli bo’lgan tovarni tanlang va uni xarid Savatiga kiritib qo’ying.
  • Xarid savatingizga kiring, uning tarkibi va hisobini tekshirib chiqin; to’lashga tayyor bo’lganingizdan so’ng “Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosing.
  • Buyurtmani rasmiylashtirish uchun sahifa tomonidan talab qilinayotgan ma’lumotlarni kiriting: E-mail, ism, familiya, tovar yetkazib berilishi kerak bo’lgan adres, mamlakat, viloyat/region va telefon raqami.
  • Huddi shu sahifada to’lov usulini tanlang– “SMS-TO’LOV” xizmati orqali to’lov. “Buyurtmani ko’rib chiqish” tugmasini bosing.
  • Buyurtma uchun kiritgan ma’lumotlaringizni tekshiring: xarid savatining tarkibi, to’lov miqdori, xaridor haqida ma’lumot, to’lov haqida ma’lumot. Agar barcha ma’lumotlar to’g’ri kiritilgan bo’lsa, “SMS-TO’LOV xizmati orqali to’lash” tugmasini bosing.
  • www.pay.smst.uz degan yangi sahifa ochiladi. 16 ta belgidan iborat bo’lgan karta raqami bilan 4 ta raqamdan iborat bo’lgan amal qilish muddati hamda SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan mobil telefoningiz raqamini kiriting. Barcha kiritilgan ma’lumotlarni qayta tekshiring. Agar ular to’g’ri kiritilgan bo’lsa, u holda “Davom ettirish” tugmasini bosing.
  • SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan mobil telefoningiz raqamiga vaqtinchalik kalit so’zi keladi. Uni “Vaqtinchalik parol” deb nomlanuvchi oynachaga kiriting va “To’lov o’tkazish” tugmasini bosing.
  • Qayta Artel Market sayti ochiladi va u yerda Sizga to’lov natijasi ko’rsatiladi. Agar to’lov o’tgan bo’lsa, u holda “To’lov muvaffaqiyatli o’tdi” yozuvi aks ettiriladi.

Нашли опечатку в тексте или цене на товары? 

Выделите ее и нажмите  Ctrl + Enter

You are reporting a typo in the following text:
Simply click the "Send typo report" button to complete the report. You can also include a comment.